Andijonda 6 oyda 6 ta yetti qavatli turar joy bitkazildi

Andijon shahrining Ozbegim mahallasida joylashgan sobiq konserva zavodi ornida qurilib bitkazilgan 6 ta yetti qavatli uy joydagi yangi xonadonlarga 252 ta oila kochib otdi. Bu haqda Daryoga viloyat hokimligi matbuot xizmati malum qildi. Foto: Rustam EshonovUshbu binolar Xokon avtoinvest hamda Radius servis masuliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tomonidan qisqa muddat ichida bunyod etildi. Ularni foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov joriy yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilayotgan Andijon shahrining Navoiy, Cholpon shohkochalari, Dukchi Eshon kochasidagi eski uylar ornida 7 va 12 qavatli 150 ta zamonaviy turar joy barpo etishga kirishilganini bildirdi.Xokon avtoinvest MChJ ish yurituvchisi Yoldoshxon Zuhriddinovning aytishicha, qurilish ishlariga olti oy sarflangan. Shu vaqt ichida ushbu xonadonlarda yashovchi aholi uchun maishiy xizmat korsatish shahobchalari, kompyuter markazi, kitob dokoni, ayollar uchun fitnes klubi hamda ikkita bolalar maydonchasi ham qurib bitkazildi. Shuningdek, hudud obodonlashtirilib, namunaviy korinishga keltirilgan. Foto: Rustam EshonovUch nafar oglimni yolgiz katta qildim, deydi ikkinchi guruh nogironi Dilfuzaxon Umarova. Ikkisini uyladim. Kenjatoyim maktabda oqimoqda. Sharoitimiz qiyinligi bois tongichim ijarada turar edi. Ozimga qolsa bir xonali uyni ham tikkalay olmasdim. Bugun hursandchiligim cheksiz.Malumot uchun, viloyat markazida joylashgan sobiq konserva zavodi ornida 2017-yilda 5 ta, 2018-yilda 9 ta shunday zamonaviy turar joy barpo etilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0