Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Orol dengizi hududiga tashrif buyurdi

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boyicha maxsus vakili P.Burian boshchiligidagi delegatsiya va Global yashil osish instituti bosh direktori orinbosari X.Kim Orol dengizi hududiga tashrif buyurdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatiTashrif doirasida Ozbekiston bilan YeI ortasidagi munosabatlarni rivojlantirish, Inson xavfsizligi boyicha kop tomonlama sheriklik asosida trast fondi (KTShTF) doirasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.Xabarda aytilishicha, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bosh boshqarmasi (DEVCO) 20212027-yillarda oz etiborini YeI budjetidan Orolboyi uchun mablag ajratishga qaratadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Orolning qurishi oqibatlarini bartaraf etish uchun aralash moliyalash mexanizmini amalga oshirish uchun grant mablaglarini ajratishni organmoqda. Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatiYigilish yakunida Ozbekiston tomoni taklifi bilan BMTning Yashil iqlim fondidan (YIF) mablag jalb qilish borasida loyihaviy hujjatlarni tayyorlash boyicha kelishuvga erishilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0