Ozbekiston delegatsiyasi Atomekspo-2019 XI forumida ishtirok etadi

Ozbekiston delegatsiya 1516-aprel kunlari Rossiyaning Sochi shahrida bolib otadigan Atomekspo-2019 XI forumida ishtirok etadi. Bu haqda Ozatom agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: RIA NovostiAtomekspo forumi har yili Rosatom korporatsiyasi tashabbusi bilan otkaziladi. Forumning joriy yildagi asosiy mavzusi Atomekspo Eng yaxshi hayot uchun atom texnologiyalari deb nomlanadi.Forum doirasida atom energetikasi sohasining zamonaviy holati muhokama qilinadi hamda uni kelgusida rivojlantirish yonalishlari shakllantiriladi.Forum kun tartibi joriy yilda ilk marta Xalqaro dasturiy qomita tomonidan shakllantirilmoqda. Qomita tarkibiga Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish qomitasi huzuridagi yadroviy energiya boyicha agentlik bosh direktori Uilyam Magvud, Butunjahon yadro assotsiatsiyasi bosh direktori Agneta Rizing, atom elektrostansiyalarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar Butunjahon assotsiatsiyasi sobiq direktori Jak Regaldo va boshqalar kirgan.Forum ishtirokchilari uglerodsiz energetika rivojlanishining muhim masalalari, tabiiy resurslar va ekologiyaga masuliyatli yondoshuv, yashil investitsiyalar, barqaror rivojlanish maqsadlaridagi xalqaro hamkorlik masalalarini korib chiqadi.Forum doirasida ikkinchi marta Atomexpo Awards xalqaro mukofotini topshirish marosimi ham bolib otadi. Ushbu mukofot atom texnologiyalarini inson hayoti farovonligini taminlashi uchun hissa qoshgan mamlakatlarga topshiriladi. Bu yilgi nomzodlar ichida 25 ta mamlakat, xususan Ozbekiston ham bor.Ozbekiston 2018-yilda forumda ilk marta ishtirok etgan edi. Joriy yilda Ozbekiston delegatsiyasi ishtirokining ancha keng dasturi kozda tutilgan.Delegatsiya tarkibiga Ozbekiston energetika vazirligi, vazirlik huzuridagi atom energetikasini rivojlantirish boyicha agentlik, Fanlar akademiyasi vakillari kiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0