Chilonzor tumanidagi ayrim obyektlarda 9-aprel kuni gaz ta’minoti to‘xtatiladi
Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasidagi ayrim obyektlarda 9-aprel kuni soat 11.00 dan 17.00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiToshkent shahar hududiy gaz ta’minoti tarmoqlari bo‘limi hududda o‘rta bosimli gaz quvuridan gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq kamchilikni bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.Aholi turar joylari:4 ta 4 qavatli uyda.Maishiy-kommunal obyektlar:Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining suv havzasi va qozonxonasi.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz