Pyotr Poroshenko Vladimir Zelenskiyni bahsda kutishini ma’lum qildi

Ukraina prezidenti 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan bahsdan avval giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga yana bir marta tekshiruvdan o‘tishga tayyor ekanligini aytdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi. Foto: Ru.tsn.uaPoroshenkoning aytishicha, tekshiruvni Jahon antidoping agentligida o‘tkazadi.Sig‘imi 70 ming kishilik bo‘lgan Kiyevdagi stadionda saylovoldi bahsni o‘tkazishni Vladimir Zelenskiy taklif etgan. Unda qantashish sharti sifatida spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tekshiruvdan o‘tish kerakligini aytgan. Nomzodlar 5-aprel kuni tahlil topshirgan.Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0