Umid Ahmadjonov: Babayanni Ozbekiston futbol assotsiatsiyasi yoniga ham yaqinlashtirmayman

Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi prezidenti, Ozbekiston futbol assosiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov yaqinda Toshkentning Lokomotiv klubida ish boshlagan terma jamoa sobiq murabbiyi Samvel Babayan haqida keskin fikrlar bildirdi, deb yozadiSports.uz. Foto: OFFYaxshilikka yomonlik bolib qoldi. Xorijga ketgani uchun birovning rizqini qiymaylik deb yaxshilik qilsak, u darrov boshqacha oyin qildi. Agar Babayanning subuti bolganida edi, u Ozbekistonga qaytib kelmagan bolardi.Odamlar orasida esa turli mish-mishlar tarqalib ketdi. OFA bularning barchasidan xabardor. Prezidentimiz ham kechirimli bolish kerakligini aytgan edilar, biz ham shunday yol bilan uni kechirgan edik. Shunisi aniqki, men oz lavozimimda ekanman Babayanni Ozbekiston futbol assotsiatsiyasi yoniga ham yaqinlashtirmayman.Umid Ahmadjonov,Ozbekiston futbol assosiatsiyasi birinchi vitse-prezidentiMalumot uchun, Samvel Babayan OFF (hozir OFA) Ijroiya Qomitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shugullanishdan umrbod chetlashtirilgan edi. Keyinroq mutaxassis Latviyada ish boshlagach, tashkilot bu qarorning faqat Ozbekistonda amal qilishini malum qilgandi.Ammo Babayan 2019-yilning 2-fevral kuni Lokomotiv futbol klubi prezidenti Mansur Rajabovning maslahatchisi etib tayinlandi. Bu orada esa unga nisbatan OFA tomonidan ochilgan ish 2018-yilning 1-fevral kuni yopilgani hamda uning diskvalifikatsiyasi bekor qilingani oshkor qilindi. Qizigi, Babayan chetlatilishi bekor bolishiga Bunyodkor tomonidan berilgan kafolat xati sabab bolgani aytildi.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0