Floridada rekord kattalikdagi ilon tutib olindi

Janubiy Floridadagi Milliy qo‘riqxonada uzunligi besh metr, og‘irligi 64 kilogramm bo‘lgan ilon tutib olindi, deb yozadi Forum Daily. Foto: FacebookTa’kidlanishicha, bu ilon Big Cypress milliy qo‘riqxonada qo‘lga olingan ilonlar orasida eng kattasi. Unda 73 ta rivojlanayotgan tuxumlari borligi aniqlangan.Ta’kidlanishicha, birmanlik invaziv gibrid ilonni Janubiy Floridaning 259 ming gektar maydonida uchratish mumkin. Ilonlar uzunligi yetti metrgacha va og‘irligi 91 kilogrammgacha yetadi va hududda jiddiy ekologik xavf tug‘diradi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0