2018-yilda milliy kino mahsulotlari uchun davlat budjetidan 33,6 milliard som mablag ajratildi

Milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 2018-yilda davlat budjetidan jami 33,6 milliard som mablag ajratildi. Bu mablag 2017-yilga nisbatan 2,7 barobar kop bolib, 2019-yilda bu nisbat yanada kopayishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxtdagi Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida malum qilindi, deb xabar berdi OzA.Anjumanda Ozbekkino milliy agentligi xodimlari, kinoijodkorlar, taniqli kinorejissyorlar, kinoshunoslar, davlat va xususiy kinostudiyalar vakillari ishtirok etdi.Mutaxassislar badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlarning saviyasini oshirish hamda sifat jihatidan yangi darajaga kotarishni muhokama qildi.Takidlanishicha, ozbek kinosi rivojlanishning yangi pallasiga kirib, zamon bilan hamnafas ilgarilab borishi uchun qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, prezidentning 2017-yil 7-avgustdagi Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi hamda 2018-yil 24-iyuldagi Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosi yuzasidan mamlakatda kino sanoatini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muayyan ijobiy natijalarga erishish imkonini berdi.Badiiy kengash yigilishida 39 ta badiiy film, 48 ta hujjatli film, 19 ta multiplikatsion film, 14 ta qisqa metrajli film kinoloyihalari oqib-organib muhokama etildi. Shulardan, 27 ta badiiy film, 46 ta hujjatli film, 10 ta qisqa metrajli film kinoloyihalari ijobiy baholanib, ishlab chiqarishga tushirildi. 19 ta badiiy film, 40 ta hujjatli film, 8 ta multfilm, 2 ta qisqa metrajli film tayyorlanib, Badiiy kengash etiboriga havola etildi. Otgan davr ichida Zumrasha bolalar yumoristik kinojurnalining 11 ta toplami tayyorlandi.Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan holda davlat mablaglari asosida milliy filmlar ishlab chiqarish sifat korsatkichlarini ham yaxshilashga harakat qilinmoqda.Otgan qisqa davr mobaynida XX asr boshida yashab otgan xorazmlik islohotchi vazir haqida Islomxoja, buyuk muhaddis haqida Abu Iso Muhammad Termiziy, mogul bosqiniga qarshi kurashgan ajdodlar haqida Elparvar, buyuk yozuvchi Said Ahmadning qismati haqida Said bilan Saida, ozbek xalqining Ikkinchi jahon urushida korsatgan qahramonligi haqida Berlin Oqqorgon kabi tarixiy mavzudagi badiiy filmlar tomoshabinlarga taqdim qilindi.Jaloliddin Manguberdi, Ishoqxon Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Umarxon va Nodirabegim, Abdulla Avloniy haqidagi filmlarni tasvirga olish ishlari jadal davom etmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0