Samarqanddagi paxta ishi: Prokuror 8 yil qamoq jazosi soragan direktorni sudya nega ozodlikka chiqarib yubordi?

Daryo taxririyatiga Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro Baxran Allanov murojaat qildi. Murojaatda 2017-yilning paxta hosili mavsumida Yangiqorgon paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati direktori Toxtamurod Elmurodov, zavod qoshidagi paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Momin Torayev, ishlab chiqarish boyicha direktor orinbosari Shavkat Amanov, korxona bosh muhandisi Bahodir Umirov hamda texnik nazorat bolimi boshligi Tolqin Toshpolatov, korxona bosh iqtisodchisi Otabek Pardayev, tayyor mahsulotlar bolimi boshligi Bohodir Fayziyev, tola tovarshunosi Faxriddin Norqulovlar tomonidan talon-taroj qilingan paxta mahsulotlari uchun ogli Jasur Abdullayev noqonuniy tarzda ayblanib, qamoqda otirganligini bayon etgan. Foto: DaryoJinoyat ishlari boyicha Samarqand viloyat sudining 2018-yilning 25-oktabr kuni bolib otgan sud hukmining bayonnomasi va tergov hujjatlarida 2017-yilning paxta hosili mavsumida Yangiqorgon paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati direktori Toxtamurod Elmurodov mansabdor shaxs bola turib, oz mansab mavqeidan foydalanib, uni suistemol qilish natijasida 2017-yilgi paxta mavsumi davomida fermer xojaliklari yetishtirgan paxta xomashyosini ozlashtirish va rastata yoli bilan talon-taroj qilinganligi qayd etilgan.Toxtamurod Elmurodov qabul qilingan paxta xomashyosini toligicha qayta ishlashga yonaltirish orniga, yuqori turuvchi rahbarlar oldida soxta obro orttirish maqsadida, qol ostidagi xodimlariga paxta qabul qilish maskanlaridan paxta xomashyosini fermer xojaliklaridan qabul qilib olingan ifloslik va namlik korsatgichlari asosida qabul qilib olishni buyruq bergan.Oqibatda zavod qoshidagi paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Momin Torayev tomonidan qiymati 604 million 973 ming 300 somlik 1177,3 tonna, Ozbekiston paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Jasur Abdullayev tomonidan qiymati 550 million 824 ming 200 somlik 396,5 tonna, Dahbet paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Muhiddin Rajabov tomonidan qiymati 243 million 276 ming 700 somlik 475,2 tonna hamda Oqdaryo paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Umidjon Qarshiyev tomonidan qiymati 410 million 068 ming somlik 403,6 tonna, umumiy hisobda 1 milliard 809 million 142 ming 200 somga teng bolgan 2452,6 tonna paxta xomashyosi talon-taroj qilinib davlat manfaatlariga juda kop miqdorda zarar yetkazilganligi aytib otilgan. Foto: DaryoBiroq Jinoyat ishlari boyicha Samarvand viloyat sudi sudyasi Otkir Mamadaliyevning 2018-yil 25-oktabr kuni chiqargan hukmiga kora Yangiqorgon paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati direktori Toxtamurod Elmurodov Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi a, v, g bandlari, 205-moddasi 2-qismi a bandi va 209-moddasi 2-qismi a bandidan nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, uch yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, eng kam ish haqining 487 barobari miqdorida jarima jazosi qollagan holda sud zalidan ozod qilingan.Paxtani ozlashtirish bilan bogliq jinoyati uchun sud tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi a bandi bilan aybli deb topilgan Mominjon Torayevga 10 million som jarima va 1 yil 10 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi, Muxuddin Rajabovga esa 2 yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Sud Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi v bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan Odiljon Norboyevni 120 soat majburiy jamoat ishlariga jalb qilgan bolsa, Marufjon Rabbimov 140 soat majburiy jamoat ishlariga jalb qilingan. Shuningdek, xuddi shu modda boyicha aybdor deb topilgan Furqat Xolmatovga esa 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilish boyicha hukm chiqarilgan.Mazkur jinoyat ishida aybli deb topilgan Jasur Abdullayev Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qism a bandi va 28, 209-moddasi 1-qismida aybli deb topilib, 5 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Bundan tashqari sud tomonidan Jasur Abdullayevdan 550 million 824 ming som zarar undirilishi belgilangan.Daryo muxbiri Farhod Norbotayevning mazkur ish bilan bogliq holatlar yuzasidan tergovga taqdim etilgan hujjatlar asosida organish olib bordi. Foto: DaryoMalum bolishicha, 2018-yilning 9-fevral kuni Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bolimi tomonidan paxtani ozlashtirish bilan bogliq jinoyat ishini qozgatish va ish yurituvga qabul qilish boyicha F-122-raqam bilan qayd etilgan hujjatlarda Yangiqorgon paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati va uning filiallaridagi masul xodimlari ozaro kelishgan holda jinoyat ishini sodir etganligi aniqlangan.Xususan, tergov jarayonida Dahbet paxta qabul qilish punktida 2-hudud (zona) tovarshunosi Muhiddin Rajabovning uyida tintuv otkazilganda ashyoviy dalil sifatida ozi tomonidan yuritilgan qarz daftari topilgan. Ushbu daftarda zavodning mansabdor shaxslari, jumladan zavod direktori Toxtamurod Elmurodovga umumiy hisobda 25 million som berganligi yozilgan. Shuningdek, zavod huquqshunosi Rustam Rahmatovga 5 tonnadan ortiq paxta chigiti berganligi ham qayd etilgan. Biroq tergovda ham sud jarayonida ham ushbu hujjatga hech kim etibor qaratmagan. Foto: DaryoQolaversa, 2-hudud (zona) tovarshunosi Muhiddin Rajabovning uyidan chiqqan ashyoviy dalil sifatida olingan daftarda zavodning qorovullar boshligi Husan Omonovga 1 million 500 ming som, rejim boyicha direktor orinbosari Matnazar Kuryazovga 4 million som berganligi ham qayd qilingan. Muhiddin Rajabovning uyidan ashyoviy dalil sifatida olingan daftarlar prokuratura tergovchisi Sherzod Yusupov tomonidan sudga taqdim etilmagan, deydi Baxran Allanov. Prokuratura tergovchilari Sh.Yusupov va G.Usmonovlar tomonidan Muhiddin Rajabov yuzaki soroq qilinib, ushbu taqdim etilgan hujjatlarga shunchaki sovuqqonlik yoki kimningdir manfaatini kozlangan holda oydinlik kiritilmagan.Baxran Allanovning aytishicha, ish boyicha otkazilgan ochiq sud majlisida guvoh tariqasida soroq qilingan taftishchi Sh.Yarashev, mutaxassislar G.Rustamov, O.Ergashev va boshqalar ozlarining korsatmalarida ishchi xodimlar tomonidan yuritilgan qora daftar hech qanday buxgalteriya hujjati hisoblanmasligini bildirgan. Biroq tergovchi ushbu qora daftarga asoslanib ayblov elon qilgan. Sud va tergov jarayonida haqiqiy laboratoriya tahlil daftari qayerda va kim tomonidan yoqotilganligiga aniqlik kiritilmagan. Zavod qoshidagi tayyor mahsulotlar bolimi tola tarozibonlarining tolalarini ketma-ketligini qayd qilish daftari hamda navbatchi (smena) laboratoriya daftarlari tergovga ham sudga ham taqdim etilmagan. Shuningdek, sifat markazining paxta toylarni (kip) qayd qilish daftari ham korsatilmagan, deydi Baxran Allanov. Bir shaxsni himoya qilish, aniqrogi Momin Torayevning foydasini kozlagan holda yoq qilingan. Chunki, sifat markazi xodimlari Normurzo Jamolov, Ravshan Sayfutdinov hamda tayyor mahsulotlar tovarshunosi Faxriddin Norqulovlar zavodning 2-hudud (zona) tovarshunosi Momin Torayev hamda zavod direktori Toxtamurod Elmurodovga yaqin qarindosh hisoblanadi.Ozbekiston paxta qabul qilish maskani qabul qilib olgan 4368 tonna paxta xomashyosini toligicha kamomadsiz zavodga jonatilgan va zavodga kirim qilingan. Bu haqda sanama-sana paxta navlari boyicha Ozbekiston paxta qabul qilish maskani hisobchisi Qoldosh Ahmedov hamda Yangiqorgon paxta zavodi qoshidagi paxta qabul qilish maskani hisobchisi Saydullo Toshevlar tomonidan solishtirma (sverka) dalolatnoma imzolanib, muxrlangan. Ushbu taqqoslash dalolatnomasining asl nusxasi sudga taqdim etilgan. Biroq tergovda ham, sud jarayonida ham ushbu hujjatlar inobatga olinmagan.Yangiqorgon paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati raisi Toxtamurod Elmurodov va ish boyicha soroq qilingan bir qancha guvohlar tergov va sudda Jasur Abdullayev javobgarligidagi paxta xomashyolari 2017-yilning oktabr oyi oxirgi kunlari ishlab chiqarishga berila boshlanganligini aytishgan. Bu vaqtda zavod qoshidagi paxta qabul qilish maskani hisobidagi paxtalar toliq ishlab chiqarib bolganligi togrisida ham korsatma berib, boshqa paxta xomashyosi qolmaganligini bildirgan. Taftish dalolatnomasiga kora, Jasur Abdullayevning paxtasi qayta ishlangan vaqtda Momin Torayevning hisobiga 117,6 tonna tola mahsuloti paxtaga ogirilganda 351 tonna paxta otib ketganligi aniqlangan.Baxran Allanovning takidlashicha, Ozbekiston paxta qabul qilish maskani paxta xomashyosini qayta ishlab chiqarish boyicha chigitni va tolani kilogrammi, tolani sorti, chigit hamda uning siklonini aniqlab beruvchi 28-XL topshiriqnomalarini bosh iqtisodchisi Otabek Pardayev va zavod qoshidagi paxta qabul qilish maskani hisobchisi Saydullo Toshevlar toldirgan. Ushbu topshiriqnomaga korxona mutasaddi rahbarlarining barchasi imzo chekkandan keyingina paxta ishlab chiqarishga beriladi. Qiziq jihati shundaki, taftishchi Sh.Yarashov sud jarayonida bu haqida gapirmagan bolsa-da, sud hukmi bayonnomasida taftishchi Sh.Yarashov nomidan 28-XL topshiriqnomalarini Jasur Abdullayev toldirgan deb kiritgan. Birinchi bosqich sudida oglim Jasur Abdullayev aybsiz ekanligini toliq isbotlab bergan edi. Lekin sud zavod direktori Toxtamurod Elmurodov va qolgan mansabdor shaxslar tomonidan yol qoyilgan xato-kamchiliklar va qonunbuzarlik holatlariga sovuqqonlik bilan yondashdi, deydi Baxran Allanov. Sud muzokarasida prokuror Toxtamurod Elmurodovning jinoyat ishi uchun 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi soradi. Ammo sud hukmi oqilgan kuni sudya Otkir Mamadaliyev Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir nechta moddalari bilan aybli deb topilgan zavod direktori Toxtamurod Elmurodovga jarima jazosi qollab sud zalidan ozodlikka chiqarib yubordi. Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi a bandi, 28, 209-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib oglim Jasur Abdullayevga 5 yil 7 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.Baxran Allanovning aytishicha, Jinoyat ishlari boyicha Samarqand viloyat sudining 2018-yil 25-oktabr kuni chiqargan sud hukmidan norozi bolib Samarqand viloyat prokuraturasiga murojaat qilgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan ushbu ariza qanoatlantirilib, zavod direktori Toxtamurod Elmurodov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan hukmga 2019-yilning 4-mart kuni kassatsiya tartibida protest kiritilgan. Biroq haligacha kassatsiya tartibida kiritilgan protest ishi korilmasdan kelinmoqda. Togrisi, men Jinoyat ishlari boyicha Samarqand viloyat sudiga bolgan ishonchim yoqolgan. Shu sababli mazkur ish bilan bogliq jinoyat ishini boshqa viloyat sudida korib chiqilishini istayman. Buning sababi, mazkur jinoyat ishini Jinoyat ishlari boyicha Samarqand viloyat sudi raisining birinchi orinbosari Otkir Mamadaliyev korgan. Endi ozingiz oylab koring, viloyatdagi boshqa qaysi sudya oz rahbari chiqargan sud hukmini notogri deb ayta oladi.Baxran Allanov Ozbekiston Bosh prokuraturasi hamda Oliy sudi tomonidan 2017-yil paxta hosilini talon-taroj qilgan Yangiqorgon paxta tozalash aksiyadorlik jamiyatida yuzaga kelgan jinoyat ishini nazoratga olinishini istamoqda. Bosh prokuratura va Oliy sud nazorati ostida kassatsiya tartibidagi sud boshqa viloyatda korilsagina adolat qaror topishidan umidvor.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0