Samarqand viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga yo‘l oldi

Samarqand viloyati ishbilarmonlari va mutasaddi rahbarlardan iborat delegatsiya Xitoyga keldi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Foto: Erkinjon Turdimov / FacebookTadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida tuzilgan dastur doirasida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.Dastur doirasida dastlabki uchrashuvlar Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida amalga oshirildi. Viloyat delegatsiyasi Chjenchjou xalqaro aeroporti huzuridagi erkin iqtisodiy zonasi hamda u yerdagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan muzokaralar olib bordi.Kunning ikkinchi yarmida Xenan provinsiyasi vitse-gubernatori Xuang Kiang bilan uchrashuv o‘tkazildi.Xalqaro investitsiya va savdo ko‘zgazmasiga tashrif buyurgan mehmonlar sharafiga tashkil etilgan rasmiy qabulda ishtirok etildi. Foto: Erkinjon Turdimov / FacebookDelegatsiya a’zolarining Xitoyga safari davom etmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0