NASA Kaliforniyaning lolaqizg‘aldoq gullagan eng chiroyli joy suratlarini chop etdi (foto)
So‘nggi bir necha hafta davomida Antilopa vodiysi — Kaliforniya lolaqizg‘aldoqlar qo‘riqxonasiga ko‘plab odamlar tashrif buyurmoqda, deb yozadi Forum Daily. Foto: Forum DailyGullagan lolaqizg‘aldoqlarni ko‘rish va suratga tushish uchun minglab odamlar orasida tiqilinchda qolishni xohlamaganlar va gullagan maydonni boshqacha rakursada ko‘rmoqchi bo‘lganlarga NASA o‘zi olgan suratlarni taqdim etgan.2-aprel kuni NASA Armstrong parvoz markazi uchuvchisi Glenn Grem astronavt Reks Valexim bilan birgalikda T-34 samolyotida qo‘riqxona ustiga parvoz qilib, qo‘riqxonaning bir necha suratlarini olgan va ushbu aerofotosuratlarni 5-aprel kuni Twitter’dagi sahifasida chop etgan. Foto: NASA Foto: NASA Foto: NASA Foto: NASA Foto: NASA
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz