Qashqadaryoda DXX xodimlari kuni munosabati bilan 120 ta yangi xonadon egalariga topshirildi

Qarshi shahrining Cho‘lquvar mahallasida bunyod etilgan 4 ta ko‘p qavatli uydagi 120 ta xonadon kalitlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va ularning oila a’zolariga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: Murod KomilovBunga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar va yoshlar, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev xodimlarni bayram munosabati bilan qutlab, xonadon sohiblariga uy kalitlarini topshirdi. Foto: Murod Komilov“Mazkur uylar zamonaviy uslubda qurilgan bo‘lib, shinam va har tomonlama qulay xonadonlar hisoblanadi”, — deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0