Haftalik dayjest: Suvga botgan Samarqand, #bookchallenge, arzonlashadigan Haj safari va fohishabozlik bilan kurashish taklifi

Daryo otgan haftada mamlakat hayotida sodir bolgan muhim voqealarni sharhlab otadi. Foto: DaryoHafta davomida davlat amaldorlari va madaniyat arboblari ozi oqigan maktabga kitob sovga qilish #bookchallenge aksiyasini davom ettirdi. 1-aprel kuni Samarqand viloyati hokimi va shahar hokimi, deputatlar maktablariga kitob tuhfa etdi. Mudofaa vaziri bir nechta maktab-internatga kitob ulashdi. Yoshlarni mutolaaga ragbatlantirish bu bilan toxtab qolmadi, albatta. 4-apreldan Yosh kitobxon tanlovining 2019-yilgi mavsumiga arizalar qabuli boshlandi.* * *1-aprel kuni bolib otgan yigilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Polatov vazifasidan olindi. Sobiq hokim viloyat ahli bilan matbuot orqali xayrlashdi. Xayrlashuv matnida surxondaryoliklarga minnatdorlik bildirib, yaxshi tilaklar izhor etilgan. Songgi vaqtda lavozimidan ozod etilayotgan hokimlar aholi bilan iliq kayfiyatda xayrlashuvi taomilga kirmoqda.* * * Foto: Zarnews.uzHafta ortasida yoqqan kuchli yomgir xalq xojaligiga katta ziyon yetkazdi, kochalar va aholi yashash joylarini suv bosdi. Xususan, Samarqandning Urgut tumanida yoqqan dol mashinalar va uylarga zarar yetkazdi. 5-aprel kuni Samarqandning togli tumanlarida kuchli sel keldi. Urgut, Bulungur, Qoshrabot, Ishtixon tumanlarida soylar tolib-toshib oqdi. Qashqadaryoda yoqqan shiddatli yomgir va dol esa qishloq yollarini vayron qildi. Yogingarchilik temir yolni ishdan chiqardi, natijada yuk poyezdi nobop relsda chokib qoldi, 6-aprel kuni temir izlar toliq tiklandi.* * *Shavkat Mirziyoyev otkazgan videoselektor yigilishida Toshkentdagi yettita tuman soliq inspeksiyasi rahbari ishdan olindi. Buning sababi ular budjet tushumlarini taminlashda sustkashlikka yol qoygani hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev ushbu vazifani hamma rahbar ham birdek anglab yetmayotganini keskin tanqid qildi.* * *4-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi qoshidagi din ishlari boyicha qomita tashkil etgan brifingda Haj safari xarajatlari yanada arzonlashishi malum qilindi. Aytish kerakki, har oyda yetti ming nafar ozbekistonlik Umra ziyoratini ado qilmoqda.* * *Ozbekistonda Stop-trafik operativ-profilaktik tadbiri davomida besh kun ichida 258 nafar fohisha qolga olindi. Tadbir Qozogiston, Qirgiziston va Tojikiston bilan hamkorlik doirasida otkazilgan. Aytish lozimki, huquqni muhofaza qilish organlari fohishabozlikka qarshi birinchi marta reyd otkazayotgani yoq va bu jamiyat muammosiga aylangan. Tadbirdan bir kun avval jamoaviy murojaatlar portalida fohishabozlik qilgan erkaklar ham jazoga tortilishi taklif etilgandi.* * *Yurtimiz onalari uchtalik egizaklar dunyoga keltirish estafetasini bir-birlariga muvaffaqiyali uzatmoqda. Otayotgan haftada Xorazmda ham Shavkatjon, Mirziyo va Miromon dunyoga keldi. Tuman hokimi chaqaloqlarga kolyaska sovga qildi. Qoqonlik Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasi esa sovgaga kelgan Cobaltni urib olishga ham ulgurdi. Foto: Telegram* * *Ozbekiston Rossiyaning Lukoyl kompaniyasidan 600 million dollar qarzdor bolib qolgani sababli Oztransgaz rahbari orinbosari Baxtiyor Anorqulov boshatilgani aytildi. Ushbu qarz Ozbekiston bir qism gazni ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelgan, kelishuvda esa respublikada qazib olingan gazning barchasini chetga sotish kozda tutilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0