AQSh ichki xavfsizlik vaziri iste’foga chiqdi
AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen iste’foga chiqdi. Bu haqda prezident Tramp Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”. Kirsten Nilsen.Foto: EPAUning aytishicha, bojxona va chegaralarni qo‘riqlash bo‘yicha vakil Kevin Makalinan vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.Tramp Kirsten Nilsenga ichki xavfsizlik vaziri lavozimidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz