G7 mamlakatlari Rossiya, Venesuela, Ukraina va koinot haqida bayonot berdi

“Katta yettilik” davlatlari (G7) Rossiya tomonidan qilinayotgan tahdidlar — kibermakon, strategik kommunikatsiya sohasi va kontrrazvedkaga qarshi kurashishi haqida e’lon qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar beradi. Foto: EPAG7 diplomatik missiya rahbarlari Rossiyani boshqa davlatlarning demokratik tuzilmalari ishiga aralashish orqali xalqaro vaziyatni beqarorlashtirish harakatlarini  tanqid qilmoqda. Ular Rossiyani “o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish  to‘g‘risida”gi shartnomaga to‘liq rioya qilishga chaqirdi.Bundan tashqari, Venesueladagi Rossiya qurolli kuchlarining mavjudligi mamlakatdagi vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin. Lekin, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Venesueladagi Rossiya harbiy mutaxassislari yetkazib berilayotgan uskunalarga xizmat ko‘rsatayotganligi haqida xabar bergan edi.Diplomatik idoralar rahbarlari Ukrainaning prezidentlik saylovlarida ovoz berishning shaffofligini kutmoqda. Shuningdek, ular Rossiyani Kerch bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan voqea natijasida 2018-yil 25-noyabrda hibsga olingan ukrainalik dengizchilarni ozod qilishga chaqirdi.Tomonlar kosmik fazoda ishlash me’yorlarini kelishib oldi va kosmik chiqindilar muammolarini muhokama qildi.G7 tashqi ishlar vazirlari 5—6-aprel kunlari Fransiyada uchrashdi. Asosiy mavzular — global darajada tengsizlikka qarshi kurashish va yangi tahdidlarga qarshi demokratiyani mustahkamlashdir.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0