Andijonda muddatli harbiy xizmatchilar qasamyod qabul qildi (foto)

Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qismlarda Qurolli Kuchlar safiga chaqirilib, zimmalaridagi yuksak burchlarini ado etayotgan muddatli harbiy xizmatchilar chin yigitlik ontini aytib, Harbiy qasamyod qabul qildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: FVVAndijon shahrining qoq markazida bunyod etilgan muhtasham obida Zahiriddin Muhammad Bobur haykali poyida polkovnik Nurmuhammad Saidov komandirlik qilayotgan muddatli harbiy xizmatni otayotgan askarlar oz Vataniga, xalqiga va Prezidentiga sadoqatlarini izhor etdi. Foto: FVVBugun islohotlar samarasi olaroq, mazkur tadbir harbiy qism va muassasalarda keng jamoatchilik ishtirokida tantanali tarzda otkazilmoqda. Aziz farzandlarining unutilmas kunida quvonchiga sherik bolish uchun ota-onalar hamda dost-u yaqinlar shodiyonaga taklif etilyapti. Bu milliy mentalitetga xos bolgan bardavom qadriyatlar, xalq va armiya yakdilligining yaqqol tasdigidir. Foto: FVV Qalbim faxrga tolib, gururlanib turibman, deydi askar onasi Nigora Solihova. Saf tortib turgan norgul yigitlar orasida mening ham farzandim borligi koksimni iftixorga toldirmoqda. Qarang, harbiy libos farzandlarimizga yanada kork, salobat baxsh etibdi. Oglim bilan suhbatlashdim. Garchi oradan endigina bir oydan oshiqroq vaqt otgan bolsa-da, nazarimda u ancha ulgaygandek. Muhtasham Zahiriddin Muhammad Bobur majmuasi poyida Harbiy qasamyod qabul qilgan oglimning ahdiga sodiq qolishiga, Vatan olidagi burchini namunali otab, yuzimizni yorug qilishiga ishonaman. Foto: FVV Foto: FVVHarbiy qasamyod qilgan askarlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, viloyat xokimligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi azolari, faxriylar hamda ota-onalar sozga chiqib tabrikladi. Oglonlarning hamisha qasamyodiga sodiq bolib qolishlarini, bildirilgan ishonchni munosib xizmatlari bilan oqlashlarini tiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0