Moynoqdagi Kemalar qabristonida xalqaro musiqa festivali bolib otadi

Shu yilning 2324-avgust kunlari Moynoqda xorijiy va mahalliy musiqachilar ishtirokida zamonaviy musiqa festivali bolib otishi haqida Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi xabar qilmoqda. Foto: OzbekturizmTabiiy kuch deb nomlangan ushbu festival Orol dengizi muammosiga bagishlangan. Festival ananaga kora, Moynoqdagi Kemalar qabristonida bolib otadi. Unda Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya, Daniya, Rossiya, Qozogiston va Ukraina kabi davlatlarning musiqachilari, DJ va prodyuserlari ishtirok etish istagini bildirishdi.Zamonaviy musiqa festivalida abstrakt elektro, embiyent hamda texno musiqa janrlaridagi kompozitsiyalar jaranglaydi.Eslatib otamiz, ushbu festival ilk bor 2018-yilning sentabr oyida otkazilgan edi. Festivalda ishtirok etish uchun 200 ga yaqin xorijiy sayyohlar va 5 mingga yaqin mahalliy aholi vakillari kelgan edi. Festivalda Goethe Institute, British Council, USAID, UNDP kabi xalqaro tashkilot vakillari ham ishtirok etgan.Ushbu tadbir Orol dengizi muammosiga bagishlangan bolib, festival munosabati bilan dunyoning bir qator OAVlarida, shu jumladan The Times, The Guardian, Al-Jazeera, Lonely Planet, The Jakarta Post, The Arab News, Electronic Beatskabi nashrlar, ushbu hududda sodir bolgan tabiiy ofat muammosini yana bir kotarib chiqishlari kutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0