Qoshilgan qiymat soligi tolovchilari soni bir chorakda 5 barobar kopaydi

Davlat soliq xizmati organlari soliq islohotlarining yangi davrida qoshilgan qiymat soligi (QQS) mamurchiligini va soliq hisobotlarini soddalashtirishga alohida etibor qaratmoqda. Bu haqda OzA xabar beradi. Foto: DSQDavlat soliq qomitasi axborot xizmatining malumotiga qaraganda, hisobot shakllarining 9 ta ilovasi 5 taga kamaytirilgan bolsa, hisobvaraq-fakturalarning elektron korinishi sinov tariqasida Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida qollanilmoqda.Natijada joriy yil birinchi choragi yakunlariga kora, QQS tolovchilari soni 5 barobarga kopayib, 35 mingtaga yetdi. Ushbu soliq orqali tushgan mablaglar 5,2 trln. somni tashkil qildi va otgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshdi.Shu bilan birga, joriy yildan QQS toloviga otgan 26 mingta yangi soliq tolovchi subyektlarning 7,4 mingtasi hisobotlarini nol va 5,5 mingtasi manfiy summada taqdim etgan.Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida, 4-aprel kuni 2019-yilning birinchi choragi yakunlari boyicha Davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan korsatkichlarning sozsiz bajarilishini taminlash yuzasidan otkazilgan videoselektor yigilishida qoshilgan qiymat soligini hisoblashning samarali va sodda mexanizmlari ishlab chiqilmaganligi tanqid qilingan edi.Hozirda QQS mamurchiligini toliq avtomatlashtirish va tadbirkorlik subyektlariga qulay raqobat sharoitini yaratish boyicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish maqsadida Jahon bankining ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0