Superliga. OKMK Qoqon-1912ni sochib tashladi, Polvonovdan penta-trik

7-aprel, yakshanba kuni futbol boyicha Ozbekiston Superligasining 3-turi doirasida kunning dastlabki oyinida Mirjalol Qosimov qol ostidagi Olmaliqning OKMK klubi oz maydonida Qoqonning Qoqon-1912 jamoasi bilan bahsga kirishdi. Foto: PFLUchrashuvning 10-daqiqasida olmaliqliklar azosi Zafar Polvonov Jasur Hasanov uzatmasini golga aylantirgan bolsa, 32-daqiqada Dilshod Jorayev hisobni 2:0 korinishiga olib keldi. Oradan 6 daqiqa otib Zafar Polvonov dublga erishdi (3:0). 46-daqiqaga kelib Qoqon-1912 himoyachisi Murod Xolmuhamedov penatidan gol urib, hisobni qisqartirdi (3:1). 72-daqiqa esa fargonaliklar darvozasi tomon ham penalti belgilandi. Undan Dilshod Jorayev unumli foydalanib, dubl qayd etdi. Oyinning 75, 79 hamda 90-daqiqalarida Zafar Polvonov raqib darvozasini ishgol qildi va penta-trikka erishdi (7:1).Qayd etish joiz, bahsda Qoqon klubi azolari Iqbol Malikjonov (27) va Oybek Rustamov (71) hakam tomonidan togridan togri qizil kartochka bilan jazolandi.Superliga3-tur bahslari7-aprel, yakshanbaOKMKQoqon-1912 7:1Gollar: 1:0 10 Zafar Polvonov, 2:0 32 Dilshod Jorayev, 3:0 38 Zafar Polvonov, 3:1 56, penalti, Murod Xolmuhamedov, 4:1 72, penalti, Dilshod Jorayev, 5:1 75 Zafar Polvonov, 6:1 79 Zafar Polvonov, 7:1 90 Zafar PolvonovOKMK: Akbar Torayev, Mirjamol Qosimov, Dilshod Jorayev, Zafar Polvonov, Zohir Pirimov, Murodjon Toshmatov (Kamron Saidazimov, 46), Jasur Hasanov (Sanat Shixov, 80), Miryolub Kostich (Sherzod Fayziyev, 76), Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Bobur YoldoshevQoqon-1912: Boyan Knejevich, Muhammadanas Hasanov (Avazxon Mamatxojayev, 76), Quvondiq Roziyev, Javohir Esonqulov, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov (Milosh Nikolich, 46), Iqboljon Malikjonov, Temur Usmonov (Shahboz Erkinov, 46), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod XolmuhamedovOgohlantirishlar: Iqbol Malikjonov (20), Kamron Saidazimov (87)Chetlatishlar: Iqbol Malikjonov (27), Oybek Rustamov (71)Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0