Namanganda tungi klubdagi mashvaratdan song tengdoshlarini dopposlagan 6 nafar yigit qolga olindi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki fuqaro 6 nafar shaxs tomonidan kaltaklanayotgani aks etgan video tarqalgandi. Ushbu holat Namangan shahrida sodir etilganligi malum bolgach, ichki ishlar xodimlari tomonidan bezorilar qolga olindi va ayni paytda ularga nisbatan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Daryoga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati malum qildi. Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmatiTugilgan kunini nishonlash maqsadida bolgan yigit shu yil 29-yanvar kuni tungi soat 23. 30 atrofida 5 nafar ogaynisi bilan Namangan shahrida joylashgan tungi klubga borib, ertasi kuni tonggi soat 5 ga qadar klubdagi bazmni davom ettiradi. Song nonushta qilish maqsadida boshqa bir tamaddixonaga kelganda shu yerdagi uch nafar tengdoshlaridan birini dopposlab ketadi.Mast holatdagilar bilan mushtlashishni xohlamagan yigitlar ularni tinchlantirishga harakat qiladi, biroq vaziyat jiddiy tus oladi. Ammo jabrlanuvchilar holat boyicha hech qayerga shikoyat qilmaydi.Mushtlashuvni boshlagan shaxslar kafening kuzatuv kamerasi xotirasiga yozilib qolgan videotasvirlarni telefonga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuboradi. Internet tarmogida kuzatuvchilar etiborini qozonish maqsadida bolgan yigitlar qilmishlarini ozlari fosh etganliklarini sezmay qoldi. Namangan shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan ularning barchasi qolga olindi.Endigina 19-20 yoshga kirgan, ayrimlari kollej oquvchisi bolgan va vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga keltirilgan yoshlar spirtli ichimlik ichib, yarim tunda kocha daydish va mushtumzorlik qilish oqibatini tushunib yetgan bolsa ajab emas.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0