Qozogiston Xavfsizlik kengashi kotibi Yunusobod tumanidagi ishlar bolimi bilan tanishdi

Ozbekistonda bolib turgan Qozogiston prezidentining yordamchisi Xavfsizlik kengashi kotibi Kalmuxanbet Kasimov Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan Yunusobod tumani 7-ichki ishlar bolimiga keldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati malum qildi. Foto: IIVMehmonlarga Ichki ishlar vaziri Polat Bobojonov va Toshkent shahar IIBB boshligi Rustam Jorayev hamrohlik qildi.7-ichki ishlar bolimida aholi uchun ochiqlik, sutkalik xizmat, fuqarolarga tezkor yordam korsatish imkoniyatlari mujassam bolgan. Buning uchun bu yerda yongin xavfsizlik xizmati, tez yordam, qutqarish xizmati, maishiy xizmatlar, Milliy gvardiya qoriqlash bolimi joylashtirilgan. Foto:Mehmonni bolimda yaratilgan sharoitlar qiziqtirib qoydi: bu yerda pasport xizmati vakillari, psixologlar, qiyin ahvolda qolgan ayollarga yordam korsatuvchi inspektorlar xizmat olib boradi, bolim innovatsion texnologiyalar va profilaktika inspektorlari uchun maxsus smartfonlar bilan jihozlangan. Foto: IIVQozogiston Xavfsizlik kengashi kotibi ushbu bolimda, shuningdek, IIV va poytaxt IIBB rahbariyati tomonidan har bir inson ichki ishlar xodimi timsolida huquqlari himoyachisini korishi boyicha amalga oshirilayotgan choralar ibratli darajada ekanini qayd etdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0