AQSh moliya vazirining o‘rinbosari Jahon banki prezidenti lavozimini egalladi

AQSh moliya vazirining xalqaro masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Malpass Jahon banki prezidenti lavozimini egalladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Foto: APOldinroq AQSh prezidenti Tramp Devid Malpassni ushbu lavozimga tavsiya qilgandi.Prezident direktorlar kengashi yig‘ilishlarida raislik qiladi va bank faoliyatiga umumiy rahbarlik uchun javob beradi.An’anaga ko‘ra, Jahon bankini uning yirik aksiyadori bo‘lgan AQSh vakillari boshqaradi. Prezident 5 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi ham mumkin.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0