Bosh prokuratura: Fargonadagi dehqon bozorida odam goshti sotilayotgani haqidagi gaplar asossiz va yolgon

Fargonalik Holiq Rahimovning Telegram ijtimoiy tarmogi orqali tarqatilgan Prezidentga yollagan murojaatida shahar markazidagi Dehqon bozorida savdo yurituvchi 50 nafar qassob qabristondan odam goshtini olib kelib, sotish bilan shugullanayotganligi malum qilingan. Foto: Gazeta.uzBosh prokuratura matbuot xizmatining Daryoga malum qilishicha, mazkur holat yuzasidan otkazilgan tekshiruvda H. Rahimov Fargona shahri, Sohil kochasi, 237-uyda yolgiz ozi yashashi, ruhiy jihatdan muomalaga layoqatsizligi, ruhiy kasalliklar shifoxonasida doimiy royxatda turishi, bir necha marotaba yollagan shunday mazmundagi murojaatlari oz tasdigini topmay, asossiz va yolgon bolib chiqqanligi aniqlangan.Fargona viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri malumotnomasiga kora, 1940-yilda tugilgan H. Rahimov 1985-yildan buyon dispanser nazoratida turadi.Shuningdek, holat yuzasidan Fargona shahridagi Soyboyi MFY raisi va MFYda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilganda H. Rahimov doimo norozi kayfiyatda yurishi, farzandlari bilan ham munosabatlari yaxshi emasligi, u bilan suhbatlashishning imkoni yoqligi, ruhiy jihatdan nosoglomligi malum boldi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0