Oliy sud Fargonada otkazgan sayyor qabulda firibgarlikda ayblangan 3 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi

56-aprel kunlari Fargona viloyatining Margilon, Fargona shaharlari va Dangara tumani Xalq qabulxonalarida Oliy sud raisining orinbosari Xolmomin Yodgorov va Oliy sud sudyalari aholining jinoiy, fuqarolik, mamuriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar otkazdi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda. Foto: DaryoSayyor qabullar davomida 125 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 34 kishining arizasi nazorat tartibida qabul qilindi va 91 kishiga shikoyat qilish tartibi va muddatlari, avf etish boyicha murojaat tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. 2 ta oila yarashtirildi.Mahalla raislari, notinch oilalar va jazoni ijro etish muassasidan ozod qilingan, hozirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazolarni otayotgan, muqaddam sudlangan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish jazosini otayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar otkazildi.Jinoyat ishlari boyicha Qoshtepa tumani sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan ayblangan 3 nafar fuqaroning jinoyat ishi sayyor sud majlisida korib chiqildi. Sudlanuvchilarning oilaviy ahvoli, ular tomonidan yetkazilgan moddiy zarar qoplanganligini inobatga olinib, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazo tayinlanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi. Foto: DaryoSayyor qabul kunlari axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini otayotgan 17 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida otalmay qolgan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilindi.Q.I. ism-sharifli ayol Fargona shahrida yashaydi. U 2017-yilda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Ozbekistonga kirish jinoyatini sodir etgan. Unga sud hukmi bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.Sayyor qabul davomida Q.I. qilmishidan pushaymonligi, jazodan oziga tegishli xulosa chiqaranligini bildirib, jazodan muddatidan oldin ozod qilish haqida murojaat qildi.Shu kuni unga oid material jinoyat ishlari boyicha Fargona shahar sudi tomonidan korib chiqildi. Jazo muddatini otash tartibi buzilmaganligi, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligi etiborga olinib, axloq tuzatish ishlari jazosining otalmagan 1 yilidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0