Airbus samolyotlarining yukxonasi uyqu joyiga aylantiriladi (video)

Fransuzlar (aniqrog‘i, Airbus avialayner ishlab chiqaruvchi va Safran samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar) A330 va A350 samolyotlari uchun yangi interyer ishlab chiqdi. Bu haqda National Geographic xabar berdi. Foto: National GeographicNufuzli Crystal Cabin Award mukofotiga sazovor bo‘lgan loyiha yukxonalarni bolalarning o‘yin xonalariga, 2 yoki 6 o‘rinli uyqu joylariga yoki yig‘ilish xonalariga aylantiradi. Foto: National GeographicMuhandislar samolyotga “xonali” modullarni o‘rnatishni rejalashtirmoqda. A330 yoki A350 palubalarining pastki qismidagi yukxonasiga to‘rtta shunday modulni o‘rnatish mumkin (ularning har biri 4 metr kengligida, 2,4 metr uzunlikda va 1,5 metr balandlikda bo‘ladi). Zarur bo‘lganda, modul osongina va tezda olib tashlanadi va yuk uchun joy ajratiladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0