Endi harbiy bolinmalar ham davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin

Ozbekiston Prezidentining 2019-yil 28-fevraldagi qaroriga muvofiq harbiy bolinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash togrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiDaryoga xabar berdi. Foto: OzAHarbiy bolinmalarga topshiriladigan davlat mukofoti shon-sharaf, jasorat va iftixor ramzi hamda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining har bir harbiy xizmatchisiga Vatani oldidagi muqaddas burchini, xalqiga sadoqati, jasorat va qatiylikni yodiga tushirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mukofot jangovar xizmat faoliyatida yuksak natijalarga erishganligi uchun harbiy bolinmalarni ragbatlantirishning oliy shakli hisoblanadi.Harbiy bolinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi togrisidagi nizomga muvofiq harbiy jamoalar:Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, I va II darajali Shon-sharaf ordenlari, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining boshqa mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.Mukofotlash mezoniga kora, Vatanni himoya qilish uchun bolgan janglarda, davlat chegarasi va davlat manfaatlarini qoriqlash va himoya qilishda, tinchlik va barqarorlikni saqlash boyicha operatsiyalar hamda aksilterror operatsiyalar vaqtida harbiy burchni ado etishda bolinma korsatgan qahramonligi va boshqa xizmatlari uchun taqdirlanadi.Harbiy bolinmani davlat mukofoti bilan taqdirlash Ozbekiston Prezidenti tomonidan, tarkibiga taqdirlashga tavsiya qilinadigan harbiy bolinma kiruvchi vazirlik rahbarining taqdimnomasiga kora amalga oshiriladi. Mazkur jarayon 4 ta bosqichni qamrab oladi. Tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda boysunuvchi harbiy bolinmalarni davlat mukofoti bilan taqdirlash togrisida iltimosnoma tayyorlanadi. Buni vazirliklar (idoralar) rahbarlari va ularning orinbosarlari, birlashmalar komandirlari (qomondonlari) va ularga tenglashtirilgan mansabdor shaxslar amalga oshiradi. Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirlari, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Milliy gvardiya qomondoni harbiy bolinmani davlat mukofoti bilan taqdirlash togrisidagi iltimosnomani qollab-quvvatlaydi yoki rad etadi. Qollab-quvvatlangan taqdirda materiallar Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga yuboriladi. Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati harbiy bolinmani davlat mukofoti bilan taqdirlash materiallarini korib chiqadi va Prezident huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boyicha komissiya bilan kelishadi. Songra Ozbekiston Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoniga axborot berish uchun materiallarni tayyorlaydi. Ozbekiston Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy bolinmaga davlat mukofotini topshiradi. Harbiy bolinmaning Jangovar bayrogiga ushbu harbiy bolinma taqdirlangan orden va medallar qadab hamda ana shu davlat mukofotlarining lentalari osib qoyiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0