Qirgizistonda kelin ogirlaganlik uchun jazo kuchaytirildi

Qirgizistonda qizlarni turmush qurish maqsadida ogirlab ketish jazosi kuchaytirildi, deya xabar beradi Interfaks. Foto: RIA NovostiEndi kelin ogrilariga 710 yilgacha qamoq jazosi qollaniladi. Shuningdek buning uchun 200 ming qirgiz somi jarima (uch ming dollardan ortiq) sifatida kozda tutilgan.Dunyo ayollar banki nodavlat huquqni himoya qilish tashkiloti vakili Gulsana Abitovaning qayd etishicha, respublikada qizlarni turmush qurish maqsadida ularning istagiga qarshi ogirlab ketish davom etmoqda, hatto bunday hodisalardan keyin qizlar oz joniga qasd qilish holatlari ham kuzatiladi. Aksariyat hollarda ogirlangan qizlarning ota-onalari va yaqinlari bu haqda huquq-tartibot organlariga xabar bermaydi, sudgacha faqat kamdan kam holatlar yetib boradi.Malum bolishicha, Qirgizistonda har kuni 30 nafargacha voyaga yetmagan qizlarni ogirlash holatlari yuz beradi, shundan 6 tasi zoravonlik bilan tugaydi. Respublika shaharlarida har beshinchi nikoh kelin ogirlash yoli bilan tuziladi, shu bilan birga qishloqlarda bu korsatkich 60 foizni tashkil qiladi. Bunday oilalarning uchdan ikki qismi qizning roziligisiz quriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0