Jizzaxda yuqori texnologiyali skaner zavodi quriladi

4-aprel kuni International Aerospace Committee (IAC) hamda Raqamli ishonch jamgarmasi ortasida hamkorlik togrisidagi memorandum imzolandi, unda ozaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, memorandumning maqsadlariga erishish uchun axborot almashish kozda tutilgan, deya xabar beradiUzDaily. Foto: UzDailyTomonlar bir-biriga zaruriy ozaro mamuriy va huquqiy yordam korsatishga, shuningdek, qoshma loyihani amalga oshirish masalalari yuzasidan maslahat berishga tayyorligini bildirgan.Tomonlar Ozbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan aviatsiya, kosmik, energiya va yer resurslari sohasidagi yuqori texnologik loyihalarni moliyalashtirish uchun birgalikda ishlashga kelishib oldi.Memorandum doirasidagi loyihalardan biri shveysariyalik Tudor Tech kompaniyasi texnologiyasining transferi boladi. Bu texnologiya samolyotlar va boshqa turdagi transport vositalari uchun dunyodagi birinchi va yagona rentgenli skaner texnologiyasi bolib, tezkor va ishonchli xavfsizlikni nazorat qilish usuli hisoblanadi. Texnologiya portlovchi moddalarni, qurol-yarog, giyohvand moddalar, naqd pullarni noqonuniy olib otish hollarini aniqlashning samarali vositasi bolib, yuqorida aytib otilgan tahdidlarning 100 foiz aniqlash imkonini beradi.Uchrashuv doirasida Jizzax viloyatida Ozbekiston Respublikasida skanerlar ishlab chiqaradigan zavod qurish loyihasini amalga oshirish boyicha qoshma qaror qabul qilindi. Ishlab chiqarilgan skanerlar nafaqat mintaqada, balki butun Osiyoda aeroportlarning xavfsizligini taminlaydi. Ushbu jiddiy loyihani amalga oshirishda International Aerospace Committee (IAC) Shveysariyadan toliq sarmoya jalb qilish orqali Fondga yordam beradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0