Shavkat Mirziyoyev: Baxshichilikni saqlab qolish uchun bugun harakat qilmasak, ertaga kech boladi. Kelgusi avlod, tarix bizni kechirmaydi

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari Termizda oz ishini boshlagan Xalqaro baxshichilik sanati festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq sozladi. Foto: Prezident matbuot xizmatiOzbekistonda birinchi bor otkazilayotgan ushbu sanat bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 nafardan ortiq kishi qatnashmoqda. Ular orasida xalqaro tuzilmalar va hukumatlar vakillari, atoqli madaniyat arboblari, folklor sanati namoyandalari, OAV xodimlari bor. Prezident ularni samimiy qutladi.Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning folklor sanatida mujassam topgani hammamizga yaxshi malum. Turli xalqlarning milliy ozligini, ularning tili va hayot tarzini, anana va urf-odatlarini ifoda etadigan baxshichilik sanati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir.Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan ommaviy madaniyat, shou-biznesning salbiy tasiri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madaniyatning bulogi bolgan folklor sanatiga etibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas.Mana shunday noyob va buyuk sanat bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, kop joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bolib turgani bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Bu haqiqat ushbu gozal va betakror sanatning chinakam fidoyilari sifatida siz, azizlarni hammadan kora koproq tashvishga solayotganiga ishonaman.Biz xalq ijodiyotini, turli olkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, oz timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir istedodini har tomonlama qollab-quvvatlashimiz zarur. Bugun oz ishini boshlayotgan Xalqaro baxshichilik sanati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini alohida takidlamoqchiman, dedi Shavkat Mirziyoyev.Prezidentga kora, bu borada, avvalo, baxshichilik sanatining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur organish va mustahkamlash, uni milliy madaniyatning oziga xos tashrif qogoziga aylantirish uchun birgalikda jiddiy ish olib borish kerak.Xususan, baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, ustoz shogird ananalarini qayta tiklash va rivojlantirish, baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, oqituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama ragbatlantirish, madaniyat va sanat muassasalari qoshida baxshichilik togaraklari tashkil etish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yol ochib berish, toy-tomoshalar, turli bayram va madaniy tadbirlarda ularning doimiy ishtirokini taminlash, shu yonalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ozaro tajriba almashishni yolga qoyish, baxshichilik sanatini keng targib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish, folklor asarlarining audio va video variantlarini kopaytirish maqsadga muvofiq.Agar biz bu noyob sanatni saqlab qolish uchun bugun barchamiz birgalikda harakat qilmasak, ertaga, afsuski, kech boladi, kelgusi avlodlar, tarix bizni kechirmaydi, dedi davlat rahbari.Shavkat Mirziyoyev bu borada Ozbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida toxtalib otdi.Mamlakatda xalq ijodiyotini asrab-avaylash va yuksaltirish maqsadida mashhur Alpomish dostonining 1000 yilligi keng nishonlandi. Bu ulug badiiy obida sharafiga muhtasham haykal ornatildi. Samarqand shahrida atoqli baxshilar xotirasiga bagishlangan yodgorlik majmuasi bunyod etildi. Ozbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvoni tasis qilindi.Termiz shahrida yangi tashkil etilgan baxshilar maktabida, respublikadagi bolalar musiqa va sanat maktablarida yuzlab yoshlar milliy folklor sanatini organmoqda. 100 tomlik Ozbek xalq ijodi yodgorliklari majmuasi nashr etilmoqda. Uning 59 jildi aynan xalq dostonlaridan iborat. Shuningdek, kop tomlik Qoraqalpoq folklori toplami ham chop etildi.Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy organish ishlari muntazam davom etmoqda. Sohaga oid kitob va albomlar, filmlar va telekorsatuvlar yaratilmoqda. Baxshilar xalqaro korik-tanlovlarda, xorijiy davlatlarda otkazilayotgan Ozbekiston madaniyati kunlarida munosib ishtirok etmoqda.Shavkat Mirziyoyev festival va uning doirasida otkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0