Ozbekiston Adliya vazirligi oz tizimida korrupsiyaga qarshi urush elon qildi

Adliya vazirligi oz tizimida korrupsiyaga qarshi urush elon qildi, yani illatning tub ildiziga bolta urish uchun amaliy harakatlarni boshladi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimi xabar berdi. Foto: Gazeta.uzXususan, 2018-yilda notariat tizimida yuzaga kelayotgan korrupsion holatlarning oldini olish uchun tolovlarni (davlat boji, gerb yigimi va pullik xizmat) elektron mobil ilovalar (UPAY, Click, PAYME) orqali tolash, avtomatik tarzda xizmatlar uchun narxlarni shaklantirish tizimi joriy etildi.Shuningdek, sirli mijoz reydlari otkazilib, unda aniqlangan korrupsiya holatlari boyicha jiddiy choralar korildi hamda bu haqda keng jamoatchilikka malum qilindi.Masalan, Davlat xizmatlari Agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2019 yil 1 aprel holatiga jami 1 318 ta sirli mijoz hamda 7 732 ta profilaktika tadbirlari otkazildi. Natijada DXM xodimlarining 621 tasi ogohlantirildi, 116 tasiga xayfsan, 63 tasiga jarima intizomiy jazo choralari qollanildi hamda 68 tasi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.Notariat xodimlarining halol va togri ishlashdan manfaatdorligini oshirish maqsadida notariuslarga ozlari tomonidan undirilgan pullik xizmatning 80 foizigacha miqdorida ragbatlantirish boyicha ustamalar berib kelinmoqda.Bundan tashqari, aholi va xodimlar ortasida korrupsiyaga qarshi targibot ishlari qizgin olib borilmoqda. Biz korrupsiyaga qarshimiz! megatanlovi, Korrupsiya taraqqiyot kushandasi insholar tanlovi shular jumlasidandir.Davlat xizmatlari agentligida elektoron hujjatlar aylanmasi hajmining ortishi, Ochiq adliya (Open Justice) dasturining elon qilinishi, ishonch telefonlarining ishga tushirilishi bularning bari Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashni tubdan va samarali tashkil qilishga kirishgani va bu maqsadida sobitligini bildiradi.Shu kunlarda vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida maxsus dastur qabul qildi. Dasturda adliya organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qator amaliy chora-tadbirlar belgilab qoyildi.Korrupsiyaga qarshi kurashish kengashi tuziladi. Adliya vazirligi qoshida tuziladigan ushbu kengash korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha dasturning ijro etilishini nazorat qilib boradi. Yani vazirlikning bu boradagi faoliyati vazirlik xodimlaridan iborat turli yonalishlarda faoliyat olib boruvchi jamoatchilik asosida ishlovchi guruh tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Bu esa oz navbatida obektiv nazoratni taminlaydi.Mansabdorlarning faoliyati baholab boriladi. Adliya organlari va muassasalarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan oz mansab yoki xizmat majburiyatlarining qay darajada bajarilayotgani baholab boriladi, buning uchun maxsus baholash tizimi joriy etiladi. Shuningdek, xodimlarning faoliyatini jismoniy va yuridik shaxslar onlayn tartibda baholab borishi, ozlarining korrupsiyaga qarshi masalalar boyicha shikoyat va takliflarini yuborishlari uchun sharoit yaratiladi.Attestatsiya jarayoni jamoatchilik nazorati ostida. Barcha bogindagi adliya organlari xodimlarining attestatsiyadan otkazilishi jamoatchilik vakillari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi hamda videotasmaga tushuriladi, shuningdek attestatsiya jarayoni onlayn translyatsiyasi qilinadi.Korrupsiya holatlari haqida xabar berganlar mukofotlanadi. Adliya organlari va muassasalari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid xatti-harakatlar haqida xabar bergan shaxslarni mukofotlash tartibi joriy etiladi.Video va audio yozuvlarga ruxsat beriladi. Avval malum qilinganidek, adliya organlari va muassasalari mamuriy binolarida (notariat idoralari, davlat xizmatlari markazlari, Intellektual mulk agentligida) ish jarayonini fuqarolarga video va audioga yozib olish huquqi beriladi.Uzun navbatlar tartibga olinadi. Davlat notarial idoralari va Davlat xizmatlari markazlarida elektron navbat, shuningdek davlat notarial idoralari va davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiluvchilar tomonidan korsatilgan xizmat sifatini baholash tizimlari joriy etiladi.Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining attestatsiyasi onlayn namoyish etiladi. Toshkent davlat yuridik universitetidagi yakuniy davlat attestatsiyasi jarayoni onlayn tarzda togridan-togri internetda translyatsiya qilinadi.Korrupsiyaga qarshi kurashda Xalqaro tashkilotlar tajribasidan foydalaniladi. Adliya organlari va muassasalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishda bir qator korrupsiyaga qarshi kurashuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yolga qoyiladi. Bunda ushbu tashkilotlarning dokladlari va tavsiyalari organib chiqiladi va ularga asoslanib tahliliy materiallar tayyorlanadi. Ushbu tahlillar asosida korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi belgilanadi.Ichki tartib-intizom qatiy nazoratga olinadi. Xususan, adliya mansabdorlarining qol ostidagi xodimlariga shaxsiy topshiriqlarini bajartirish holatlarini aniqlash yuzasidan muntazam monitoring olib boriladi.Budjet mablaglaridan maqsadsiz foydalanishga yol qoymaslik boyicha choralar kuchaytiriladi. Xususan, adliya organlari xodimlarining xizmat safarlari va boshqa xarajatlari faqat qatiy hujjatlangan holda moliyalashtiriladi. Xarajatlarni oshirib yozib, budjet mablaglarini ozlashtirishga yol qoyilmaydi. Tovar-moddiy boyliklarini va ularning sarfini hisobga olish boyicha yagona elektron tizim ishlab chiqiladi.Ushbu dasturni amalga oshirish orqali adliya organlari va muassasalari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqini yuksaltirish, shuningdek, adliya organlari va muassasalarining faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning samaradorligini taminlash kabi yuksak natijalar kutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0