Shavkat Mirziyoyev Sulton Saodatni Buxoriy, Termiziy maqbaralaridek katta va gozal ziyoratgohga aylantirish boyicha korsatma berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz yaqinidagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. Quron tilovat etildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiUshbu qadamjo XXVII asrlarga mansub maqbaralar majmuasidir. Bu yerda paygambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beshinchi avlodi bolgan Sayyid Hasan al-Amir mangu qonim topgan. Shu bois u aslida Sulton Sodot, yani Sayyidlar sultoni deya atalgan. Keyinchalik maqbara atrofiga uning avlodlari va boshqa sayyidlar dafn etilgan.Olimlar fikricha, Hasan al-Amir oz yaqinlari bilan taxminan 865-yilda Termizga kelib, yashab qolgan. Shu tariqa bu yerda obroli sayyidlar sulolasi shakllangan. Orta asrlardagi davlatlar, xususan, Amir Temur saltanati rivojida Termiz sayyidlarining alohida orni bolgan. Sohibqiron va temuriylar paygambarimiz avlodlariga hurmat korsatishni sharaf deb bilib, bu yerda xonaqoh va maqbaralar qurdirgan. Keyingi dahmalar oz davrining uslubiga mos ravishda barpo etilgan. Shu jihatlari bilan majmua ulkan tarixiy, manaviy, madaniy ahamiyatga egadir.Prezident ushbu qadamjo ulkan manaviy meros, musulmonlar uchun tabarruk maskan ekanini qayd etib, uning tarixini mukammal organish, xalqimizga va chet elliklarga yetkazish zarurligini takidladi. Majmua hududini arxeologik organish asosida uni obodonlashtirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy maqbaralaridek katta va gozal ziyoratgohga aylantirish boyicha korsatmalar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ham ziyorat qildi. Yurtimizga tinchlik, qut-baraka tilab duo qilindi, deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0