Shavkat Mirziyoyev Termiz aeroportining yangi terminali bilan tanishdi. Aeroportda yangi uchish-qonish yolagi barpo etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro baxshichilik sanati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6-aprel kuni Surxondaryo viloyatiga keldi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shakat Mirziyoyev ushbu nufuzli anjuman arafasida qurib bitkazilgan Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini kozdan kechirgan. Foto: Prezident matbuot xizmatiKeng va baland qilib qurilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan ushbu terminal soatiga 400 yolovchiga xizmat korsatish quvvatiga ega. Bojxona nazorati, aviatsiya xavfsizligi va bagaj olish joylarida tezkorlikni taminlashga alohida etibor qaratilgan. Foto: Prezident matbuot xizmatiKutish zallari, CIP zonalar, ona va bola xonalari, namozxona, tibbiy punkt va boshqa bolimlarda yolovchilarning barcha ehtiyojlari inobatga olingan. Duty Free dokonlari, bepul Wi-Fi xizmati, chet ellik turistlar uchun viza olish sektori tashkil etilgan. Foto: Prezident matbuot xizmatiPrezidentimiz terminalda yaratilgan sharoitlarni maqullab, endi bundan samarali foydalanish, xalqaro reyslar va chet ellik sayyohlar oqimini kopaytirish, xizmat korsatish sifatiga alohida etibor qaratish zarurligini takidladi. Yangi uchish-qonish yolagi barpo etish loyihasi boyicha korsatmalar berdi, deyiladi rasmiy axborotda. Foto: Prezident matbuot xizmati

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0