AQShda omborxona eshigini yillar davomida 100 ming dollarlik meteorit tirab turgan

Michigan shtatining fuqarosi 30 yil davomida unda saqlangan meteoritni baholash uchun mahalliy universitetga murojaat qilgan, deya xabar beradi National Geographic. Foto: Central Michigan UniversityEkspertiza natijasi kutilganidanda alo bolgan. Markaziy Michigan universiteti geologi Mona Sirbesku 20 yildan koproq vaqt mobaynida fuqarolar tomonidan topilgan meteoritlarni organadi. Aksariyat hollarda kashfiyotlar ilmiy qiziqish uygotmagan. Mona kop umidga berilmay, Grand-Rapids shahridan bolgan Devid Mazurekning soroviga javob bergan, lekin bu safar hammasi boshqacha bolib chiqqan.Olim darhol uning oldidagi narsa oddiy tosh emasligini tushungan. Bu hayotim davomida qolimda ushlagan eng qimmatbaho namuna, deydi u. Mona topilmani rentgen nurlari ostida organib, uni Smitson instituti laboratoriyasiga yuborgan. Tahlillar bu 88foiz temir va 12foiz nikeldan tashkil topgan haqiqiy meteoritligini korsatgan.Meteorit qiziqarli tarixga ega. Mazurekning sozlariga kora, u 1988-yilda Edmor qishlogida fermer xojaligi sotib olgan. Fermaning sobiq egasi, orqa bogga 1930-yillarda katta meteorit tushganini aytgan. U otasi bilan meteoritni qazib chiqargani va eshikni yopib turish uchun qoldirganligini sozlab bergan.Fermaning yangi egasi keyinchalik Grand-Rapidsga kochib otgan va ozi bilan birga barcha mulkni, jumladan, osmon jismini ham olib ketgan. Yangi joyda ham u 10 kiloli toshni eshikni yopib turish uchun ishlatgan. Ammo odamlar meteoritlarning orqasidan pul topishini eshitib, u ozining namunasi qanchalik qimmatbaho ekanligini bilishga qaror qilgan.Olimlarning fikricha, qimmatbaho topilma 100 ming dollarga sotilishi mumkin.Edmor meteoritining asosiy xaridori Smitson institut hamda Men shtati universitetidir. Oz navbatida, Mazurek olgan daromadidan 10 foizini xayriya qilishga vada bergan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0