Davron Kabulov Millionning sobiq azolari Durdona Qurbonova va Kumushning jamoadan ketishiga izoh berdi (video)

Million kulgi jamoasining sardori Davron Kabulov Daryo internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.Suhbat davomida Davron Kabulov jamoaning sobiq azolari Kumush va Durdona Qurbonovaning jamoadan nima sababdan ketgani haqida gapirdi.Biz qizlar masalasida hech kim bilan shartnoma tuzmadik. Qizlarga bitta konsert davomida sinov muddati belgilanadi. Tabiiyki, jamoaning oziga yarasha talablari bor. Jamoa azolari bir stol atrofiga otiradi va hamkorligimiz nima sababdan davom ettirilmaydi, degan savolga javob beriladi. Har ikki holatda ham qizlarga sabablarini tushuntirdik. Ular bu sabablarga qarshi argument keltirishmadi. Shuning uchun har ikkalasi bilan ham yaxshi kayfiyatda xayrlashdik.Ularning ikkalasiga ham katta rahmat. Hayot toxtab qolgani yoq, ular kinolar, teleseriallar, kliplarda suratga tushishmoqda. Tabiiyki, Millionning ham hayoti toxtab qolmaydi. Bu qizlarning endi jamoaga qaytib kelish ehtimoli kam. Bu haqda hech narsa deya olmayman.Davron Kabulov, Million jamoasining sardori

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0