Portugaliyalik ayol buterbroddagi tish kavlagichni yutib yuborib vafot etdi

Buterbroddagi tish kavlagich Portugaliyaning Koimbra shahrida yashovchi ayolning o‘limiga sabab bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail. Foto: National Institute of Legal Medicine and Forensic Sciences in PortugalMa’lum bo‘lishicha, 50 yoshli ayol tomog‘idagi noqulaylik sababli ikki marta kasalxonaga murojaat etgan. Uning aytishicha, buterbrod yeganida tomog‘ida nimadir tiqilib qolgan.Biroq laringoskopiya yordamida ham, rentgen yordamida ham hech qanday shubhali jism aniqlanmagan. Shifokorlar unga shamollashga qarshi antibiotiklar yozib berib, uyga javob berib yuborgan.Shifokorga murojaat qilganidan ertasi kuni ayol o‘lik holda topilgan. U vannaxonada qonga belanib, boshidan yaragangan holda bo‘lgan. Dastlab ayol o‘ldirilgan deb gumon qilingan.Marhumning tanasi tekrishuvdan o‘tkazilganda, uning qizilo‘ngachidan yiring bilan qoplangan 3,5 santimetr uzunlikdagi tish kavlagich topilgan. U tomoq devorida ikkita teshik hosil qilib, yallig‘lanish keltirib chiqargan va yurak-qon yetishmovchiligiga olib kelgan.Shu sababli ayol hushini yo‘qotgan va boshi bilan polga yiqilib, yaralangan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0