Andijonda 120 dan ortiq dori-darmon ishlab chiqaradigan farmatsevtika korxonasi foydalanishga topshirildi

Andijon shahridagi sobiq Andijonmash aksiyadorlik jamiyati hududida Biomediks masuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli eksportbop dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishga ihtisoslashtirilgan korxona foydalanishga topshirildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda. Foto: Rustam EshonovKorxonaning ochilish marosimida ishtirok etgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov songgi ikki yil davomida viloyatda insulin, shprits va tibbiyot qolqoplari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati yolga qoyilganligi, shunday obyektlar soni yana bittaga kopayganini bildirib, kelgusida bu sohada amalga oshirilishi belgilangan loyihalar haqida fikr yuritdi.Davlat rahbarining Andijon-farm erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish togrisidagi farmoni ijrosi doirasida Andijon tumanidagi 50 gektar maydonda 15 dan ortiq farmatsevtika korxonasi ishga tushirilishi takidlandi. Foto: Rustam EshonovKorxona mutaxassis-texnologi Gofurjon Toychiyevning malum qilishicha, yillik ishlab chiqarish quvvati 14 million qadoqni tashkil etuvchi loyiha tadbirkorning 7,2 milliard somlik oz ulushi va Ipoteka bank viloyat filialidan olingan 17,8 milliard somlik kredit mablaglari evaziga bunyod etilgan. Mahsulotlarni tayyorlash uchun texnologiyalar Xitoydan olib kelingan. Natijada 70 nafar fuqaroning bandligi taminlangan. Foto: Rustam EshonovAyni paytda korxonamizda 120 turdagi tabletka, kapsula, svecha, sirop, nastoyka shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarish yolga qoyilgan, deydi MChJ rahbari Hikmatillo Toshxojayev. Mahsulotlarimiz asosan ichki bozor va qisman Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun eksportga yonaltiriladi. Foto: Rustam EshonovTadbirda Andijon-farm sanoat zonasida faoliyat olib borish istagini bildirayotgan hindistonlik bir guruh farmatsevtika sanoati vakillari ham ishtirok etdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0