Tailandda botqoqlikka tushib ketgan oltita fil bolalari qutqarildi (video)

Tailand shimoli-sharqidagi milliy bog‘ xodimlari botqoqlikka tushib qolgan oltita fil bolalarini qutqardi. Bu haqda Associated Press xabar berdi. Foto: Associated PressKuzatuvchilar loyqa suvga cho‘kib ketayotgan fillarni 26-mart kuni ko‘rib qolgan. Ularning bir nechtasi fillar bilan qolgan, qolganlari qutqarish uchun kerakli narsalarni olib kelish uchun ketgan.Ertasi kuni bog‘ xodimlari uskunalar bilan kelgan. Ular motiga va dasta yordamida botqoqlikning bir chetida chiqib ketish uchun tepalik hosil qilish uchun to‘rt soat vaqt sarflagan.Tepalik tayyor bo‘lgach, fillar botqoqdan chiqib, o‘rmonga qochib ketgan. Faqatgina bitta fil bolasi botqoq oldida ushlanib qolgan. U odamlarga o‘girilib, biroz qarab turgan, keyin u ham o‘rmonga kirib ketgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0