Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti butunlay yopildi

Turkish Airlines aviakompaniyasining Singapurga uchgan reysi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportidan parvozni amalga oshirgan eng so‘nggi samolyoti bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi. Foto: Google ImagesXabarda aytilishicha, 6-apreldan boshlab reyslar shaharning yangi aeroportidan amalga oshiriladi.Oktabr oyida Istanbulda kelajakda dunyoda eng yirik aeroport bo‘lishi kutilayotgan yangi aeroport ochilgan. Uning birinchi bosqichi ishga tushirganidan so‘ng yiliga 90 million yo‘lovchiga xizmati qilishi mumkin. Loyihaning barcha bosqichlari tugatilgach esa bu ko‘rsatkiсh 150 million yo‘lovchiga ortadi, zarur  bo‘lganda 200 millionga yetkazilishi mumkin.Mavzuga doir: Uzbekistan Airways Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportiga parvozlarni to‘xtatadi

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0