Ozbekistonda Soglom hayotga qadam tashla shiori ostida yurish va gimnastrada tardbirlari tashkil etildi

6-aprel kuni Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan Soglom hayotga qadam tashla shiori ostida mamlakat boylab Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan 5 kilometr masofaga faol yurish va gimnastrada tardbirlari tashkil etildi. Bu haqda Daryoga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi Ushbu ommaviy tadbirlar doirasida Ochiq eshiklar kuni ham tashkil etilib, murojaat qilgan bemorlarga respublika, viloyat, tuman va shahar tibbiyot muassasalari shifokorlari tomonidan bepul va malakali tibbiy maslahatlar berildi, deydi Aholining soglom turmush tarzini qullab-qovvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. Tuman va shaharlarda joylashgan markaziy xiyobonlar, supermarketlarda jadval asosida ikki soat davomida Salomatlik maydonchalari ham tashkil kilinib, unda antropometrik olchovlar, savolnoma va maxsus tekshiruvlar asosida noinfeksion kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari aniqlanib, tibbiy maslahatlar berildi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligiAhamiyatli tomoni, endilikda Ochiq eshiklar kuni, Salomatlik maydonchalari hamda Soglom ovqatlanish yarmarkalari mos ravishda har haftaning chorshanba, payshanba va juma kunlari tashkil etib boriladi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligiQoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sogliqni saqlash vazirligi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va filiallari, respublika va viloyat tibbiyot muassasalari hamda hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari,tibbiyot oliy oquv yurtlari va kollejlar talabalari ishtirok etdi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0