Men tirik ekanman, 'Million' sahnaga chiqmaydi, deganlar bolgan. Davron Kabulov tahdidlar haqida gapirib berdi (video)

Million jamoasi sardori Davron Kabulov Daryo internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Foto: DaryoIntervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.Suhbat davomida Davron Kabulov tahdidlarga uchragani haqida gapirib berdi.Maishiy, juda oddiy hazillar bilan umrimizning oxirigacha jamoa bolib ishlay olmaymiz. Chexovning juda chiroyli gapi bor: Eng oson va arzon kulgi buyalongoch kulgi!. Biz jamoaning eski va yangi tarkibi bilan ham behayo hazillar mavzusiga ozmi-kopmi murojaat qilganmiz. Lekin Mirkomil akam ham, ozim ham bunaqa hazillar bolmasligiga harakat qilamiz. Bolgan taqdirda ham iloji boricha qogozga orab qoyishga harakat qilamiz. Xudoga shukr, jamoaga bosim yoq, lekin vaqtida yetarlicha bosim kordik. 2,5 yil taqiqda ham otirdik. Seni oldirib ketamiz ham deyishgan. Men tirik ekanman, bu jamoa sahnaga chiqmaydi deydiganlar ham bolgan. Bir banda ikkinchisiga Xudo izn berganchalik yomonlik qila oladi. Shu jamoaning orqasida kimdir bor, degan gaplarni kop eshitaman. Xudoga shukr, bunday emas. Ishonganimiz faqat Yaratgan. Ozbekkonsert davlat muassasasi odamlarni qiynayotgan masalalarni olib chiqinglar deb, ozlari bizga murojaat qilgan. Bunaqa ruhlantirib turishgandan keyin, tabiiyki, hech narsani oylamasdan faoliyatimizni davom ettiraveramiz.Davron Kabulov, Million jamoasi sardori

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0