Shayx Salmon yana OFK prezidenti etib saylandi

Bugun, 6-aprel kuni Malayziyadagi OFK Kongresslar zalida tashkilotning 29-kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda OFK’ning rasmiy saytida xabar berildi. Foto: OFKUnda OFKning yangi prezidentini saylash uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Natijada, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Halifa bir ovozdan ushbu lavozimga saylandi va keyingi 4 yil davomida OFK prezidenti sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Foto: OFKOFK prezidentligi uchun kurashda Shayx Salmondan boshqa nomzod yo‘q edi. Avvalroq Muhammad Halfan Matar Said ar-Romayti (BAA) hamda Saud Aziz Muhammad al-Mohannadi (Qatar) o‘z nomzodini qaytarib olgandi.Ma’lumot uchun, bahraynlik Shayx Salmon 2013-yilning may oyidan buyon mazkur lavozimda ishlab kelmoqda.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0