“Manchester Siti” bugun Angliya Kubogi finaliga chiqish uchun maydonga tushadi

6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/2 finali doirasida dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Foto: Google ImagesUnda Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi “Ittihod” stadionida “Brayton”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” musobaqaning 1/4 finalida “Suonsi”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.7-aprel, yakshanba kuni so‘nggi bosqichda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etgan (2:1) “Vulverhempton” jamoasi mehmonda “Uotford” bilan jang qiladi. Uchrashuv soat 20:00 da boshlanishi belgilangan.Angliya Kubogi1/2 final bahslari6-aprel, shanba“Manchester Siti”—“Brayton” 21:307-aprel, yakshanba“Uotford”—“Vulverhempton” 20:00Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0