Oliy sudning Baliqchi va Qorgontepadagi sayyor qabullari davomida murojaatlarning 82 tasi qanoatlantirildi

4-aprel, payshanba kuni Oliy sud raisining orinbosari, sudyalari va Bosh prokuratura xodimlari Baliqchi va Qorgontepa tumanlarida aholining jinoiy, fuqarolik, mamuriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabul otkazdi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda. Foto: Rustam Eshonov Jinoyat ishlari boyicha viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulovning malum qilishicha, qabullar davomida jazoni ijro etish muassasidan ozod qilingan, hozirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazolarni otayotgan, muqaddam sudlangan 122 nafar shaxsning murojaati tinglanib, 82 tasi joyida hal etilgan. 35 nafar murojaatchiga tegishli tartibda murojaat qilish huquqi tushuntirilgan, yana 5 nafar kishining arizasi nazorat tartibida qabul qilingan. Shuningdek, shu yerning ozida 3 ta uy-joy nizosi haqidagi fuqarolik ishlari korilib, Oliy sud fuqarolik ishlari boyicha sudlov hayati tomonidan yakuniy qaror qabul qilindi. Andijon tumani Kuygan yor mahallasida yashovchi Vohidjon Otaxonov 2016-yilda Jinoyat ishlari boyicha Izboskan tumani sudi hukmiga asosan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni otkazish maqsadini kozlab kop bolmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jonatish, shuningdek ularni kop bolmagan miqdorda qonunga xilof ravishda otkazish) 5-qismi bilan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan sudlangan. Qilmishidan pushaymon ekanligini, yengillik berishlarini sorab, 2018-yilda qilgan murojaatiga kora JIB Piskent tuman sudi tomonidan jazoning qolgan qismi ahloq tuzatish ishlariga almashtirilgan. U qabul davomida jazodan muddatidan ilgari ozod qilishlarini sorab murojaat qildi. Shu kuni uning ishi sayyor sud majlisida qaytadan korilib, murojaati kanoatlantirildi. Bilib bilmasdan xato qildim va buning evaziga tegishli jazoimni ham oldim.Prezidentimiz tomonidan menga yana bir bor imkoniyat berildi. Endi bundan faqat togri yolda foydalanishga harakat qilaman, deydi Vohidjon Otaxonov. Bir necha yillardan buyon tadbirkorlik bilan shugullanaman.Faoliyatim davomida xavfsizlik va sifat talablariga yetiarli darajada etibor qaratmagandim. Qonun barchaga barobar deganlaridek, masuliyatsizligim natijasida tuman sudi tomonidan menga JKning 186- moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni otkazish maqsadini kozlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud otkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar korsatish) bilan ikki yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Bugun jazodan shartli ravishda ozod qilishlarini sorab murojaat qildim. Bu boyicha sudyalar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, arizam qanoatlantirildi. Bundan juda xursandman. Kelgusida yurtimiz ravniqiga faqat halol yol orqali hissa qoshishga vada beraman, deydi Oltinkol tumani Maqsad mahallasida istiqomat qiluvchi Abdulxalil Asoboyev. Sayyor qabul davomida axloq tuzatish ishlari jazosini otayotgan 65 nafar shaxs Jinoyat kodeksining tegishli moddalari tartibida shartli ravishda ozod qilindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0