Jeff Bezos ajrashdi. Uning rafiqasi Amazon’ning 36 mlrd dollariga ega bo‘ldi

Dunyoning eng boy odami, Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos rafiqasi Makkenzi Bezos bilan ajrashish jarayoni tugaganini ma‘lum qildi. Bu haqda milliarder Twitter’dagi sahifasida yozgan, deb xabar berdi Meduza. Foto: TJournalMakkenzi sobiq turmush o‘rtog‘iga Washington Post gazetasi va Blue Origin kosmik kompaniyasining hamma aksiyalarini bergani, ammo Amazon’dagi ulushlarining chorak qismini olganini aytgan.Xabarda qayd etilishicha, bu aksiyalarning to‘rt foizi bo‘lib, 35,7 milliard dollarni tashkil etadi. Makkenzi bu pullarni iyul oyining boshlarida oladi.Shundan so‘ng u dunyoda eng boy ayollar reytingida kosmetik gigant L’Oreal vorisi Fransuaza Bettankur-Meyer (52,9 milliard dollar) va Walmart asoschisining qizi Elis Uolton (45 milliard dollar)dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallaydi.Mavzuga doir: Dunyoning eng boy odami Jeff Bezos 25 yillik turmushdan keyin ajrashishini ma’lum qildiMavzuga doir: Jeff Bezosning rafiqasi ajrashganidan keyin dunyoning eng boy ayoliga aylanishi mumkinMavzuga doir: Jeff Bezosning ajrashish sabablarini ma’lum bo‘ldi

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0