Time muqovasida Yer shariga tayanib turgan Putin aks etgan surat joylashtirildi

AQShda chop etiladigan Time jurnalining yangi soni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bag‘ishlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Foto: TimeJurnal muqovasida Yer shariga qo‘llari bilan tayanib turgan Rossiya yetakchisi aks etgan. Janubiy Amerika, Afrika va Yevropa qit’alarida esa qizil yulduzchali ko‘rsatkichlarni ko‘rish mumkin.Muqova Time jurnalisti Saymon Shusterning maqolasi uchun tayyorlangan. Maqolada Rossiya ishtiroki Venesuela, Liviya va Suriya kabi “qaynoq nuqtalar”dan tortib Afrikaning Sudan davlatigacha qamrab olgani ta’kidlangan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0