Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjar Rahmonov navbatdagi jangida mag‘lubiyatga uchradi

6-aprel tongida Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. Foto: InstagramLas-Vegasdagi boks kechasida Sanjarga amerikalik Keyt Hanter raqiblik qildi.8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etib, unda Rahmonov raqibiga ochkolar hisobida yutqazib qo‘ydi.Qayd etish joiz, bu Sanjar Rahmonovning prof boksdagi 2-mag‘lubiyati bo‘ldi. Sanjarning janglari bugungisi bilan hisoblaganda 14 taga yetdi. O‘zbekistonlik bokschi janglarining 11 tasida g‘alaba qozongan. Shulardan 5 ta nokaut evaziga g‘alabani o‘ziniki qilagan. 1 ta jangida esa durang qayd etilgan.Hanter esa faoliyatidagi 10-jangini o‘tkazdi. U janglarning barchasida g‘alabaga erishgan. 7 ta jangida esa nokaut evaziga g‘alaba qozongan.Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov prof boksdagi debyut jangida raqibini 18 soniya ichida nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0