Shoir va tarjimon Azam Obid Toshkentda Xalqaro ijod uyi qurish tashabbusi bilan Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi

Shoir va tarjimon Azam Obid Toshkentda Xalqaro ijod uyi qurish tashabbusi bilan Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi. Foto: Azam Obidov / FacebookMurojaatda, jumladan, shunday deyiladi:Muhtaram Prezident janobi oliylari!Vaqtingizni qadrlayman, shu bois darhol maqsadga kochaman. Vatanimizda kop sohada yangi tashabbus bilan chiqayotganlar serob, ammo, afsuski, adabiyot va sanat taraqqiyotdan ancha orqada qolmoqda. Kamina 2018-yil oktyabr oyida mustaqil ravishda oilam va dostlarim komagida yangicha adabiy-madaniy dastur ochdim: Ozbekistonda chet ellik yozuvchi/rassom rezidensiyada deb nomlanadi. Uch nafar chet ellik shoir, yozuvchi va rassom bilan boshlaganim ushbu dasturning otgan hafta tugagan uchinchi davrida 10 nafar chet ellik ijodkor qatnashdi. Har yili tortta shunday ijodiy turizm dasturini amalga oshirishni kozlaganman. Shu yilgi oktyabr oyi dasturiga esa dunyoning turli burchagidan 30 dan ortiq xorijlik yozuvchi, shoir rassom ishtirok etish istagini bildirdi, bu son kundan-kunga ortib bormoqda. Foto: Azam Obidov / FacebookMuallifning takidlashicha, chet ellik ishtirokchilarning oz yurtlariga borib, ommaviy nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda ulashayotgan ozbek xalqi, uning madaniyati, manaviyati haqidagi fikr-mulohazalari juda ijobiy. Dunyo boylab minglab ijodkor dostlari oz mablagiga Ozbekistonni oz kozi bilan kelib korish, ijodkorlar, xalq bilan muloqot qilish, ijodiy almashuvni yolga qoyish istagida. Foto: Azam Obidov / FacebookKaminani Ozbekistonda Alisher Navoiy, Pahlavon Mahmud, Usmon Nosir, Cholpon kabi onlab buyuklarimiz asarlarining inglizcha tarjimoni, koplab mamlakatlarda ozbek adabiyoti va sanatini chin dildan targib qilgan, turli tillarda kitoblar, antologiyalar chiqargan, asarlari boshqa tillarga eng kop tarjima qilingan shoir va tarjimon sifatida yaxshi bilishadi.Davlatdan ozim uchun avval biron narsa soragan emasman, bepul uy, tibbiyot xizmati, dala hovli, mukofot degan narsaga koz ham tikkan joyim yoq. Shahar chetidagi ikki xonali kvartirada oilam bilan beminnat, kamtarin hayot kechirishdan baxtiyorman. Faqat Ozbekiston adabiyoti va sanatini rivojlantirishga oz hissamni qoshish uchun Sizga bir iltimosim bor. Foto: Azam Obidov / FacebookToshkent markazida (va yo ozim yashayotgan Yashnobod tumanida) mustaqil ravishda (mayli-da bir necha yilga chozilsa ham), xususiy Xalqaro ijod uyi qurishim uchun olti sotix yer ajratib bersangiz. Oz mablagimga asta-sekin qurishni niyat qilganim ushbu Ijod uyida ozbek shoir, yozuvchi, rassomlariga ingliz, nemis, fransuz kabi dunyo tillarini orgataman, ularni xalqaro almashuv dasturlarida ishtirok etishga tayyorlayman, jahon adabiyoti va sanatiga jadal qoshilishlariga komaklashaman, chet ellik dostlarimizning korgazmalari, badiiy oqishlarini tashkillashtiraman. Bu uyni tom manoda xalqaro ijodkorlar toplanib, ozbek adabiyotidan yirik adabiy tarjima va tahrir ishlarini amalga oshiradigan, birgalikda yashab, ijod qiladigan, fikr almashadigan katta dargohga aylantirish istagim bor. Foto: Azam Obidov / FacebookIltimos, bu sorovimni Yozuvchilar yo Rassomlar uyushmasiga korib chiqish uchun yonaltirishmasa, chunki ular mustaqil ravishda bir narsani hal qila olishiga ishonish qiyin, deydi Azam Obid. Foto: Azam Obidov / Facebook

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0