Bosh prokuratura profilaktik hisobda turgan 116 nafar osmir uchun Samarqandga sayohat uyushtirdi

3-aprel kuni Sirdaryo viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turgan 116 nafar voyaga yetmaganlarni Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati Bundan kozlangan asosiy maqsad - voyaga yetmaganlar qalbida vatanparvarlik tuygusini va ota-onaga mehr-muhabbatini shakllantirish bolib, Ozbekistondagi tarixiy shaharlarga ekskursiyalar uyushtirilishi orqali ularni bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratildi, deyiladi xabarda. Sayohat davomida voyaga yetmaganlar tarixiy obidalar, ulug allomalar nomlari bilan bogliq muqaddas ziyoratgohlar, jumladan Registon maydoni va Gori amir, Hazrati Dovud maqbaralarini ziyorat qildilar.Songra Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qoydi. Keyingi manzil Al Buxoriy ziyoratgohi boldi. Bolalar Imom al-Buxoriy muzeyi hamda Hadis ilmi maktabi bilan ham tanishdi. Tashrifdan bir olam taassurot olgan yigit va qizlar orasidan aynan shu oliygohda oqishni diliga tugib qoyganlar ham boldi. Otkazilgan sayohatdan song, xulqi ijobiy tomonga ozgargan 61 nafar voyaga yetmaganlar profilaktik hisobdan chiqarildi hamda jamiyatda oz ornini topishlari uchun zaruriy komak berildi. Bunday tadbirlar yil davomida koplab otkazilishi, jumladan Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlariga ham sayohatlar rejalashtirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0