Dominikalik erkak rekord ornatish uchun 106 soat qoshiq kuyladi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi (video)

Dominikalik qoshiqchi jahon rekordini ornatish uchun ketma-ket 106 soat davomida qoshiq ijro etdi, biroq Ginnes rekordlari kitobi vakillari bu urinishni muvaffaqiyatsiz deb topdi. Bu haqda Univision axborot portali xabar qiladi. Foto: News.mail.ruKarlos Silver 29-mart, juma kuni qoshiq kuylashni boshladi va 3-aprel, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10 da kuylashni yakunladi. Shu vaqt ichida u besh mingdan ziyod qoshiq ijro etdi. Uni oilasi va kuzatuvchilar qollab-quvvatlab turdi.Kuylashni tugatganidan song, uni tez yordam mashinasida olib ketishdi. Shifoxonada uyqusizlik, ochlik va charchoq sababli unda gallyutsinatsiya boshlandi.Jahon rekordi hind qoshiqchisi Sunil Vagmarega tegishli edi, Silver aslida unga qaraganda bir soatdan koproq vaqt ijro etgan. Biroq, kuzatuvchilar, uning qoshiqlar orasida juda uzoq muddatli tanaffus olganligini his qildi. Qoidaga kora, qoshiqchi 30 soniyadan ortiq vaqt dam olishi mumkin emas. Silver esa taxminan ikki daqiqa jim qoldi.Bu dominikalik qoshiqchining rekord ornatish uchun ikkinchi urinishi edi. U keyinchalik yana urinib kormoqchi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0