Namanganlik professor-oqituvchilar Ryazan agrotexnologiya universitetida malaka oshiradi

Toshkentda otkazilgan RossiyaOzbekiston talim forumida Ryazan davlat agrotexnologiya universiteti va Namangan muhandislik-texnologiya instituti ortasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Bu haqda Daryoga institut matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: Namangan muhandislik-texnologiya institutiMazkur hamkorlik shartnomasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish hamda institut professor-oqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalar uchun master-klass va dars mashgulotlari otkazish maqsadida Ryazan davlat agrotexnologiya universitetining oquv ishlari boyicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor Sergey Borechev Namanganga keldi.Tashrif doirasida rossiyalik mehmon ishtirokida institut rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv otkazildi. Unda hamkorlik shartnomasi asosida 2019-yilda amalga oshiriladigan ishlar boyicha muzokaralar olib borildi. Sergey Borechev ishtirokida fakultetlar dekanlari, kafedralar mudirlari va yetakchi professor-oqituvchilar bilan ozaro hamkorlikni rivojlantirish borasida qilinadigan ishlar boyicha seminar tashkil qilindi.Ryazan davlat agrotexnologiya universiteti prorektori institutning Texnologik mashinalar va jihozlar yonalishi talabalari uchun uch kunlik dars mashgulotlarini olib bordi.Professor Sergey Borechevning Namanganga safari davomida ikkita oliy talim muassasalari hamkorligini har tomonlama rivojlantirish, 2019-yilda NamMTI talabalari va professor-oqituvchilarini stajirovkaga yuborish, Rossiya universitetidan professor-oqituvchilarni NamMTI oquv jarayoniga jalb qilish, onlayn seminarlar va mashgulotlar otkazish hamda hamkorlikda oquv-uslubiy adabiyotlar yaratish boyicha kelishuvlarga erishldi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0